1. Umumiy qoidalar
1.1. Ushbu Ommaviy Oferta (keyingi o'rinlarda “Oferta” deb yuritiladi) Abbosjon Sulaymonov (keyingi o'rinlarda “Ijrochi” deb yuritiladi) tomonidan Bot, WebSayt yoki APIlarni ishlab chiqish bo'yicha xizmatlarni ko'rsatish uchun ommaviy taklif hisoblanadi.
1.2. Mazkur Oferta shartlariga rozilik bildirgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs (keyingi o'rinlarda "Buyurtmachi" deb yuritiladi) Oferta shartlariga muvofiq Ijrochidan xizmatlar olish huquqiga ega bo'ladi.
1.3. Buyurtmachi Ijrochiga buyurtma yuborish orqali Oferta shartlariga to'liq va so'zsiz rozilik bildirgan hisoblanadi.
2. Xizmatlarning predmeti
2.1. Ijrochi Buyurtmachining talablariga muvofiq Telegram Bot, Web-Sayt yoki API'larni ishlab chiqish va turli IT xizmatlarini ko'rsatadi.
2.2. Xizmatlarning aniq hajmi va shartlari Buyurtmachi va Ijrochi o'rtasida tuziladigan alohida kelishuvda belgilanadi.
3. Buyurtmachining huquq va majburiyatlari
3.1. Buyurtmachi o'z vaqtida va to'liq hajmda Ijrochiga xizmatlar haqini to'lash majburiyatini oladi.
3.2. Buyurtmachi Ijrochiga xizmatlarni ko'rsatish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni taqdim etishi shart.
3.3. Buyurtmachi buyurtma berishdan oldin Oferta shartlari bilan tanishib chiqishi va ularga rozilik bildirishi lozim.
4. Ijrochining huquq va majburiyatlari
4.1. Ijrochi Buyurtmachining talablariga muvofiq sifatli va o'z vaqtida xizmatlarni ko'rsatish majburiyatini oladi.
4.2. Ijrochi Buyurtmachining shaxsiy ma'lumotlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda himoya qilish majburiyatini oladi.
4.3. Ijrochi Buyurtmachiga xizmatlar ko'rsatish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan texnik nosozliklar uchun javobgar hisoblanmaydi.
5. To'lov shartlari
5.1. Xizmatlar haqi Buyurtmachi va Ijrochi o'rtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi.
5.2. Buyurtmachi xizmatlar haqini to'liq to'lagandan so'ng Ijrochi xizmatlar ko'rsatishni boshlaydi.
5.3. Buyurtmachi buyurtmani bekor qilgan taqdirda to'lov qaytarilmaydi.
6. Qo'shimcha shartlar
6.1. Buyurtma berilgandan so'ng, qo'shimcha o'zgartirishlar kiritilmoqchi bo'lganida qo'shimcha haq olinishi mumkin.
6.2. Hosting uchun oylik yoki yillik to'lov amalga oshiriladi. Hisobida mablag'i tugab yoki texnik jarayon oqibatida ishlamay qolgan hosting serveri uchun Ijrochi javob bermaydi.
6.3. Texnik xizmat uchun oylik 10.000 so'm miqdorida pul to'lashingiz kerak bo'ladi.
6.4. Mazkur Oferta O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tartibga solinadi va talqin etiladi.
7. Ijrochining rekvizitlari
- Telegram: Abbosjon Sulaymonov
- Telefon: +--